Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan: Sirdaryo viloyatining Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida quvvati 1500 MVt boʻlgan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi;
- Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi;
- Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida quvvati 457 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
- Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi;
- Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida quvvati 220 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyalari ishga tushirilishi (yagona elektr tarmogʻiga ulanishi) rejalashtirilgan.
Ahamiyatlisi, ushbu elektr stansiyalar xorijiy kompaniyalar tomonidan 100 foiz toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hisobiga amalga oshirilmoqda.
- Samarqand viloyatida umumiy quvvati 13,6 MVt boʻlgan 2 ta gidroyelektr stansiya ishga tushiriladi. Shuningdek, Toʻpalang GES modernizatsiya qilinadi va uning quvvati amaldagi 30 MVtdan 175 MVtga (+145) oshiriladi.
Maʼlumot uchun: 2022-yilda umumiy quvvati 1474 MVt boʻlgan 7 ta yangi elektr stansiya ishga tushirilgan edi.