Rossiya koronavirusga qarshi vaksinani jahon bozoriga yetkazib berishga tayyor

    Salomatlik 1 Iyul 2020 2873

    Rossiya Federatsiyasi Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko mamlakat COVID-19 ga qarshi vaksina va test tizimlarni jahon bozoriga yetkazib berishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda u “Global maqsad – kelajak uchun birlashamiz” onlayn sammitdagi chiqishi davomida soʻz yuritdi.

    “Pandemiyaning ikkinchi toʻlqini xatarini inobatga olgan holda Rossiya jahon bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri virusga qarshi, jumladan, davolash uchun dorilar, test tizim va vaksina vositalarini yetkazib berishga tayyor”, deydi Murashko.

    Eslatib oʻtamiz, koronavirusga qarshi vaksinaning klinik tadqiqotlari Moskva shahridagi ikkita tibbiyot muassasada koʻngillilar guruhida oʻtkazilmoqda. Iyul oxiriga qadar ularni yakunlash rejalashtirilmoqda.