"Rossiya Mudofaa vazirligi va Gamalei nomidagi milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan COVID-19 koronavirus vaksinasining klinik sinovlarida qatnashgan birinchi koʻngillilar guruhi tadqiqotni yakunladi va Burdenko nomidagi bosh harbiy klinik shifoxonasidan chiqarildi", deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, chiqarilishdan oldin koʻngillilar nazorat tekshiruvidan oʻtgan va immunitetning koʻtarilishini tadqiq etish uchun qon topshirgan. Qayd etilishicha, tadqiqotning asosiy maqsadi 18 nafar koʻngillilardan iborat birinchi guruh uchun vaksina tarkibiy qismining xavfsizligi va chidamliligini tekshirish edi.