Chereshnevning soʻzlariga qaraganda, geliy-kislorod qorishmasi ingalyatsiyasi koronavirus bilan kasallangan ogʻir ahvoldagi 50 nafar bemorda qoʻllanilgan. Ingalyatsiyadan keyin ularning faqat bittasiga oʻpkaga sunʼiy nafas berish apparati qoʻllashga toʻgʻri keldi. Xususan, mutaxassislar ingalyatsiya apparatini takomillashtirib, havoning alohida kirish va chiqish tizimlarini yaratdi.
Chereshnev ushbu tajribani ijobiy deb baholadi. “Hozir ishlab chiqarish ketyapti”, — deb qoʻshimcha qildi u. Olim, shuningdek, oʻpkaga sunʼiy nafas berishning organizm uchun katta ogʻirlik ekaniga eʼtibor qaratdi. Uning soʻzlariga koʻra, 90-95 darajada qizdiriladigan geliy-kislorod qorishmasi oʻpkaga sunʼiy nafas berish apparatidan ancha qulay ekan.
Avgustda amerikalik olimlar oʻpkaga sunʼiy nafas berish apparatiga ulangan koronavirus bilan kasallangan bemorlarning ahvolini yaxshilash usulini topgan edi, deb xabar beradi Lenta.ru