Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov bugun, 4 dekabrda Toshkentga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi namunalarini olib kelgan.
Rossiya savdo-sanoat vazirligi xabariga koʼra, vaksina namunalari Oʼzbekistonga sinovdan oʼtkazish, uni respublikada sanoat uslubida ishlab chiqarish uchun taqdim etilgan.
Maʼlumot uchun eslatib oʼtamiz. Аvvalroq “Sputnik V” vaksinasining 1 dozasi narxi xorij bozori uchun $10 dan oshmasligi, bu vaksina samaradorligi dastlabki emlashdan 42 kun oʼtib 95 foizdan oshgani maʼlum qilingandi.