Rossiyaning Mordoviya Respublikasida boʻlgan voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz Oʻzbekistonga qaytarildi

    Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan oʻzbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.

    Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi uzoq vaqt davom etgan tadbirlar natijasida Rossiyaning Volgaboʻyi federal okrugidagi Mordoviya jazoni ijro etish muassasasida jazo oʻtayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan bolalarini Vatanga qaytarish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar qilmoqda «Dunyo« AA.

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi oʻlaroq, oʻzbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish boʻyicha kelishuvga erishildi.

    Voyaga yetmagan yurtdoshlarimiz diplomatlar, Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.

    Taʼkidlash kerakki, Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan oʻzbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.

    No date selected
    dekabr, 2024
    1
    2
    3
    4
    5
    6
    7
    8
    9
    10
    11
    12
    13
    14
    15
    16
    17
    18
    19
    20
    21
    22
    23
    24
    25
    26
    27
    28
    29
    30
    31
    Use cursor keys to navigate calendar dates