Mazkur ariza va shikoyatlarning 10 007 tasi, ya’ni 87,4 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 46 millard 832 million 879 ming 309 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.
Federatsiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan kelib tushgan 124 ta murojaat asosida iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 8 millard 880 million 895 ming 791 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Bundan tashqari, fuqarolardan tushgan jami 33 ta murojaat yuzasidan nazorat organlariga tegishli murojaatlar yo‘llanib, ijobiy hal etilishi natijasida, iste’molchilar foydasiga 156 million 514 ming 289 so‘m mablag‘ qayta hisob-kitob qilinishiga erishildi.
Iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning:
4135 tasi (36,1%) – savdo;
1427 tasi (12,5%) – gaz ta’minoti;
1343 tasi (11,7%) – elektr ta’minoti;
517 tasi (4,5%) – suv ta’minoti;
938 tasi (8,2%) – kommunal xizmat;
251 tasi (2,2%) – sog‘liqni saqlash;
706 tasi (6,2%) – xizmat ko‘rsatish (servis);
252 tasi (2,2%) – transport;
274 tasi (2,4%) – aloqa (va internet);
1601 tasi (14,0%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2018-yilda Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International) a’zoligiga qabul qilingan.