Bu haqda “Oʻzenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Oʻzenergoinspeksiya” Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va gaz taʼminoti korxonasi mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi nazorat tadbiri davomida qonunbuzarlik holati qayd etildi. Tumandagi fuqaro M.Sh. ga qarashli issiqxona hech qanday rasmiy hujjatlarsiz, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan foydalanib kelgan.
Gaz taʼminoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, ushbu noqonuniy harakat natijasida tizimga 440,3 million soʻmlik moddiy zarar yetkazilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz: Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.