Samarqandda 70 nafardan ortiq mansabdor shaxs mast holda transport boshqargani maʼlum qilindi

    6400 nafar shaxs transportni mast holda boshqargan.

    Samarqand viloyat sudlari tomonidan 2021-yil davomida 49 618 nafar shaxsga nisbatan koʻrilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarning 37 859 tasi tamomlangan. Shundan 6506 nafar shaxsga nisbatan 6400 tasi mast holda transport boshqarqarish bilan bogʻliq ishlar hisoblanadi.

    41 nafar xotin-qiz mast holda avtomashina boshqargani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 12 nafar xotin-qiz mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlagani uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.

    Shu bilan birga, davlat idoralarida ishlovchi 74 nafar shaxs mast holda avtomashina boshqargan, yana shunchasi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan bosh tortgan.

    Mazkur toifadagi huquqbuzarlikni sodir etgan davlat idorasi xodimlari orasida huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat qiluvchi idoralarning masʼul mansabdor shaxslari ham borligi maʼlum qilingan.

    Viloyat sudi tizimida 2022-yilning oʻtgan 9 oyi davomida transport vositasini mast holda boshqarish bilan bogʻliq 3416 ta ish (3474 nafar shaxsga nisbatan) koʻrib tamomlanib, 3054 nafariga jarima, 363 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan.

    Mast holatda avtomashina boshqarib, maʼmuriy jazo olganlarning 40 nafarini ayollar, 3 nafarini voyaga yetmaganlar hamda 179 nafarini 60 yoshdan oshganlardan iborat.

    Oʻtgan yanvar-sentyabr oylari davomida viloyat sudi tizimida mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan oʻtishdan boʻyin tovlash bilan bogʻliq 843 ta ish (843 nafar shaxsga nisbatan) koʻrilgan. Mazkur ishlar boʻyicha 750 nafar shaxsga jarima, 86 nafar shaxsga maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllanilgan. Maʼmuriy jazo olganlarning 6 nafari ayollar, 64 nafarini 60 yoshdan oshganlar tashkil qilgan.