SamATIda “Xalqaro qishloq ayollari kuni”ga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi

    Shu yilning 15-oktyabr kuni Samarqand agroinnovasiyalar va tadqiqotlar institutida “Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

    Tadbirga Oqdaryo tumanida yashab, faoliyat olib borayotgan yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Oygul Mamatova hamda “Tadbirkor va fermer ayollar uyushmasi” raisi Farogʻat Sharipovalar ishtirok etdi.

    Ishtirokchilar tadbir munosabati bilan barcha qishloq ayollarini samimiy qutlab, qishloq ayoli boʻlaturib tinimsiz mehnat va tashabbuskorlik ortidan davlat mukofotlarini qoʻlga kiritganliklari, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyganliklari, el eʼtirofidagi inson boʻlganliklari haqida soʻzlab berdi.

    Shuningdek, tadbir munosabati bilan badiiy kecha tashkil qilindi. Unda iqtidorli shoira talabalar oʻzlarining qishloq ayollariga bagʻishlangan sheʼrlarini oʻqib yigʻilganlarga koʻtarinkilik bagʻishlashdi.

    Tadbir yakunida bir qator fidoiy va tashabbuskor talabalar munosib taqdirlandi.


    Hamkorlik materiali