Ushbu musobaqada Respublikamizning turli xududlaridan 550 nafardan ortiq ishtirokchi sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi.

Chempionat davomida ishtirokchilar erkaklar, ayollar va jangovar sambo yoʻnalishlarida 7 tadan, umumiy hisobda 21 ta vazn toifasida medallar uchun bellashadi.

Bahslar poytaxtimizdagi “Jar” sport majmuasida boʻlib oʻtadi. Saralash bahslari soat 10:00 da start olgan boʻlsa, ochilish marosimi soat 16:00 da oʻtkazilishi, 17:00 dan boshlab final bellashuvlari tashkil etilishi rejalashtirilgan.