Xoʻjalik tomonidan 220 tonna sigʻimga ega  membrana hovuz bunyod etilib, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilinmoqda. 

“Bu ishni boshlashdan oldin sinov tariqasida 4 gektar yerga suvsizlikka bardoshli koʻchatlar yetishtirdik. Koʻzlagan natijaga erishganimizdan soʻng faoliyatimizni kengaytirdik. Hozirda bogʻ qator oralariga zigʻir, kunjut va bugʻdoy ham ekkanmiz”, — deydi fermer xoʻjaligi rahbari Toshmirzo Yorov.