Saudiya Arabistoni gazetasi Oʻzbekiston bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan iqtisodiy loyihalar haqida yozdi

    Nashrda Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falih 28-noyabr kuni Oʻzbekiston bilan 12,3 milliard dollarga teng 20 ta bitim va Anglashuv memorandumlarini imzolagani taʼkidlangan.

    “Holid al-Falih Oʻzbekiston Prezidenti huzurida Saudiyaning yetakchi «ACWA Power” kompaniyasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar – Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli zamonaviy bugʻ-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishni boshlash marosimida ishtirok etdi»,- deya xabar qilgan manba.

    Saudiya gazetasi qayd etganidek, ushbu “pilot” loyiha doirasida mamlakatda birinchi bosqichda 3 ming tonna vodorod ishlab chiqariladi va keyinchalik mineral oʻgʻitlarga qayta ishlanadi, shuningdek, 52 megavattlik shamol elektr stansiyasi quriladi.

    “Oʻzbekistonda «yashil” energetikani rivojlantirishda eng katta sarmoyador va strategik sherik boʻlgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan sermahsul hamkorlik qilinmoqda. Bugungi kunda respublikada ushbu kompaniya bilan birgalikda qiymati 7,5 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilyapti», - deb yozgan “Al-Sharq al Awsat”.