Islom ishlari vaziri Shayx Abdullatif Al-Shayx oʻz vazirligining hududlardagi boʻlimlariga Iyd Al-Adha bayramiga hozirlik koʻrishni buyurganidan ham buni bilish mumkin.

Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, hayit namozi belgilangan masjidlardagina oʻqiladi. Ushbu masjidlarda ehtiyot choralari koʻrilishi nazoratga olinadi.

Islom ishlari vazirligining xabariga koʻra, hayit namoziga kelganlar orasida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun odamlarning ehtiyot choralariga amal qilishlari uchun boʻlgan targʻibot ishlari kuchaytirildi. Jumladan, tibbiyot mutaxassislarining infeksiyadan himoyalanish boʻyicha bergan maslahatlari nashrdan chiqarilgan.

Eslatib oʻtamiz, bu yilgi Iyd Al-Adha bayrami avgust oyining dastlabki kunlariga toʻgʻri kelishi kutilmoqda.