“Sayloda imkoniyati cheklangan fuqarolarning ishtiroki uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan” — Laskar Rezaul Hasan

    Fikr 24 Oktabr 2021 1615

    Laskar Rezaul Hasan, “The Hindustan Times” gazetasi muharriri:

    — Oʻzbekistonda Prezidentlik saylovi yuqori saviyada tashkil etilganining guvohi boʻldim. Ayniqsa, koʻzi ojiz, eshitish qobiliyati cheklangan fuqarolarning saylovda ishtirok etib ovoz berishi uchun ham sharoit yaratilgani alohida eʼtirof etish mumkin. Fuqarolarning siyosiy jarayonga boʻlgan qiziqishi juda yuqori. Buni saylovda ularning faol ishtirokida koʻrib, ishonch hosil qildim.

    Saylov pandemiya sharoitida oʻtkazilayotgani uchun saylov uchastkalari barcha zaruriy vositalar, xususan, niqoblar, antiseptik vositalar bilan taʼminlangan. Saylovchilarning harorati oʻlchanmoqda. Saylov jarayonini turli mamlakatlar jurnalistlari ham faol yoritmoqda. Bu esa jarayonlarning shaffofligini taʼminlayapti.