Sayohat qilish uchun Yevropadagi eng yaxshi poytaxt-shahar nomi ma'lum qilindi

    VisaGuideWorld 2023-yilda sayohat qilish uchun Yevropaning eng yaxshi poytaxtini tanlash maqsadida mingdan ortiq sayyoh orasida so'rovnoma o'tkazdi.

    Bu borada Amsterdam yetakchilik qilmoqda.

    Pandemiyadan buyon sayyohlar diqqatga sazovor joylarga emas, balki xavfsiz va mehmondo'st shaharlarga e'tibor qarata boshladi. Niderlandiya poytaxti har tomonlama ustunlik qildi, deb xabar beradi tengrinews.kz.

    Niderlandiyadagi 90 foiz odamlar ingliz tilida gaplasha oladi. Amsterdamga sayohat Yevropaning boshqa poytaxtlariga qaraganda arzonga tushadi: o'rtacha 280-300 yevro bir hafta uchun yetarli.

    Yevropaning eng yaxshi o'nta poytaxtlari qatoriga quyidagilar kiradi:

    Rim (Italiya);

    Zagreb (Xorvatiya);

    London (Buyuk Britaniya);

    Lissabon (Portugaliya);

    Madrid (Ispaniya);

    Praga (Chexiya);

    Parij (Fransiya);

    Berlin (Germaniya);

    Vena (Avstriya).