Sayxunoboddagi xonadonlarda kichik ishlab chiqarishni tashkil qilishga koʻmaklashish masalalari koʻrib chiqildi.
Tumandagi bir necha yillardan buyon boʻsh turgan 21 ta obyektga investorlarni jalb qilishning yangi mexanizmi joriy etiladi.
Kamida 100 million dollarlik sanoat loyihalari boshlanib, “Farovon” mahallasida uzoq vaqt tashlandiq boʻlib turgan 35 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil qilinadi.
Tumanda tadbirkorlik infratuzilmasini yaxshilashga 60 milliard soʻm mablagʻ ajratiladigan boʻldi. Mutasaddilarga tadbirkorlarning infratuzilma bilan bogʻliq masalalarni hal qilish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Sayxunobod hududidan oʻtgan A-373 avtomobil yoʻlidan har kuni 20 mingdan ziyod avtomobil oʻtadi.
Bu imkoniyatni ishga solish uchun “Oʻrikzor”, “Guliston”, “Nurli yoʻl”, “Baxmalsoy”, “Farovon” mahallalaridagi 9 gektar maydonda 40 ta xizmat koʻrsatish obyekti, 1 ta mehmonxona va 1 ta logistika markazi ishga tushiriladi.