Dastlab davlat rahbari nima uchun Olmaliqda aynan geologiya ishlariga bunchalik katta urgʻu berayotgani haqida maʼlumot berdi.

Masalan, bugungi kunda birgina elektromobil sanoati qay darajada shiddat bilan rivojlanayotganini barchamiz koʻrib turibmiz. Yoki butun dunyoda yarimoʻtkazgichlarga boʻlgan ehtiyoj kundan kun oshib boryapti. Bularning barchasiga mis kerak. Shu sababli misga boʻlgan talab oshib, narxi koʻtarilmoqda.

Geologiya ishlari natijasida Olmaliqda 45 mln tonna mis zaxirasi topilgan. Oltin zaxirasi esa 5 ming tonnadan koʻproq, deya baholanmoqda. Bu juda katta boylik.

Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimi Zoyir Mirzayevga Toshkent viloyatida Janubiy Koreya tadbirkorlari bilan birgalikda yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqaruvchi zavod qurish ishlarini tashkil qilish boʻyicha topshiriq berdi.