Shisha ortidan: shaffof to‘siq koronavirusdan himoya qiladimi?

    Bilasizmi? 13 Oktabr 2020 1404

    Koronavirusdan himoyalanish maqsadida maxsus niqobdan tashqari shaffof to‘siqdan foyadalanayotgan insonlarni ko‘rish mumkin. Unda nafas olish oson bo‘lib, to‘siq yuzga tegmaydi, shuningdek, yuzdagi imo-ishora muammosiz aks etadi. Xo‘sh, bu sifatlar tufayli shaffof to‘siqlar yaxshi himoya vositasi hisoblanadimi?

    Butun dunyo mutaxassislarining fikri boshqacharoq, ular himoya vositasi uchun, albatta, niqob kiyishni tavsiya etadi. Asosiy sabab shundaki, shaffof to‘siqlar uchayotgan virus zarralarini blokirovka qilishda samarali ekanligi to‘g‘risida aniq dalillar mavjud emas. Shu bilan birga, kasallikni yuqtirish ehtimoli yaqin aloqada juda yuqori, chunki zarrachalar o‘zlarining egasidan bir necha metr uzoqlikda ham uchishga qodir. Shuning uchun ham niqoblargina ularning tarqalishini kamaytirishi mumkin.

    Olimlar distillangan suv bilan glitserin aralashmasini purkovchi, yo‘taladigan yoki aksiradigan qo‘g‘irchoqlar bilan tajriba o‘tkazib ko‘rdi. Maxsus lazer yordamida suv tomchilarining tarqalishini kuzatdi. Qo‘g‘irchoqlarga to‘rt xil himoya vositasi – odatdagi niqob, N95 nafas olish moslamali niqob, nafas olish qopqog‘li niqob hamda himoyalovchi shaffof to‘siq taqilgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, ekran shunchaki virus zarralarini pastga yo‘naltirgan. Ularda ekran ostiga sochilib ketish holati kuzatilgan. Shu bilan birga, odatdagi jarrohlik va mato niqoblar o‘z vazifasini juda yaxshi bajargan. Ammo qopqoqli niqob katta zarralarini ushlab, kichiklarini tarqalishiga yo‘l qo‘ygan. Shuning uchun ularni samaradorlik darajasi biroz shubhali.

    Yaponiyada superkompyuter ishtirokidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shaffof to‘siq kichik va o‘rtacha zarralarni tarqalishiga xalaqit bermaydi. Ular ekranning pastki va yon tomonlaridan uchib chiqib, boshqa insonlarga yetib borishi mumkin.

    Shaffof to‘siq va niqobning kombinatsiyasi eng yaxshi himoyani ta’minlaydi. Shuning uchun u bemorlar bilan yaqin aloqada ishlaydigan shifokorlar tomonidan qo‘llaniladi. Shuningdek, to‘siq muhim xususiyatga ham ega bo‘lib, u ko‘zni zararli ta’sirlardan ishonchli himoyda qiladi. Ammo uning ahamiyati burun va og‘izniki kabi emas.

    Shaffof to‘siqni niqobdan bo‘g‘ilayotganlar yoki ruhan xasta kishilar kiyishi mumkin, boshqalarga esa niqob yoki niqob va shaffof to‘siqni birlashtirib kiyish tavsiya etiladi.