Shomurodov “Spartak” taklifini rad etdi

    Sport 7 Iyul 2023 970

    Oʻzbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovga Moskvaning “Spartak” klubidan taklif boʻlgan.

    Ammo, Legalbet maʼlumotiga koʻra, 28 yoshli forvard Rossiya chempionatiga qaytishga rozi boʻlmagan. U Italiyada qolishni afzal koʻrmoqda. Boshqa manbalarga koʻra, Eldorda faoliyatini Turkiyada davom ettirish varianti ham bor.

    Shomurodov muqaddam Rossiyaning “Rostov” klubida toʻp surgan (2017–2020), keyin Italiyaning “Jenoa” klubi tomonidan transfer qilingandi.

    Ayni vaqtda uning transfer huquqi “Roma”ga tegishli hisoblanadi, ammo 2022/2023-yilgi mavsumni ijara asosida “Spetsiya”da oʻtkazib, 24 oʻyinda 2 ta gol urdi va 2 golga uzatma berdi.

    Uning “Roma” bilan shartnomasi 2026-yil yozida tugaydi. Transfermarkt Shomurodovning transfer qiymatini 6 million yevroga baholagan.