Oʻzbekistonda shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2020-2021 Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, bunda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi. Unda shoshilinch tibbiy yordam jarayonlarini real vaqt rejimida kuzatib borish, qoʻngʻiroqlar va bemorlarga xizmat koʻrsatish sifatini elektron qayd etish nazarda tutiladi.