Shvetsiyada asr boshidan buyon eng past harorat qayd etildi

    Shvetsiya shimolida -44,6 ° C qayd etildi, bu mazkur mamlakatda XXI asrdagi eng past haroratdir.

    Bu haqda Shvetsiya meteorologiya instituti xabar berdi.

    Qayd etilishicha, harorat rekordi 5-yanvar kuni Vittangi qishlog'ida qayd etilgan, biroq meteorologlar ma'lumotlarni kechroq olishgan.

    Shvetsiya meteorologiya instituti ma'lum qilishicha, Vittangida avval ham past harorat qayd etilgan. 1890-yilning noyabrida u yerdagi termometr ko'rsatkichi -43,0°C ga tushib ketgan, bu Shvetsiyada noyabr oyi uchun rekord darajada past haroratdir, deb xabar beradi korrespondent.net.