O'zgidromet xabariga ko'ra, 11-yanvar erta tong sovuq antisiklon periferiyasining mintaqaga “chuqurroq” kirib kelish fonida respublikaning katta qismida juda past haroratlar bo'lishi mumkin.

Xususan, Qoraqalpog'istonda -25 daraja; Ustyurtda -30 daraja,

Xorazmda -23 daraja, Buxoro va Navoiyda -18 daraja;

Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida -17 daraja;

Qashqadaryo va Surxondaryoda -13 -15 daraja;

Farg'ona vodiy viloyatlarida -10 darajagacha sovuq harorat bo'lishi prognoz qilinmoqda.

Poytaxt Toshkentda ham harorat -12, -14 daraja sovuqqacha pasayishi kutilmoqda.

'”COSMO_CA'” milliy operativ prognostik modelida 11-yanvar soat 08.00 da hududlarda kuzatilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy havo harorati ko'rsatkichlari keltirilgan.