Shveysariyada temir yoʻllardagi relslar oraligʻiga quyosh panellari oʻrnatiladi

    Shveysariyaning Sun-Ways startapi Byutt stansiyasi yaqinidagi temir yoʻllarga quyosh panellarini oʻrnatish loyihasini amalga oshirishga tayyorlanmoqda, ular relslar orasiga joylashtiriladi.

    Shveysariya Federal transport idorasidan ruxsat olilini bilanoq ish boshlanadi.

    Darvoqe, bu temir yoʻl yoʻllarga quyosh panellari qoʻyib chiqish boʻyicha birinchi urinish emas. Italiyaning Greenrail kompaniyasi va Buyuk Britaniyaning Bankset Energy kompaniyasi bu tajribani allaqachon amaliyotga tatbiq etgan.

    Shveysariya tajribasining asosiy farqi shundaki, Sun-Ways panellari oʻlchami standart holatda, raqobatchilarniki esa biroz kichikroq. Bundan tashqari, Sun-Ways panellarini yotqizish jarayoni maxsus poyezd vositasida toʻliq avtomatlashtirilgan holatda amalga oshiriladi. 46,2 metr maydonda 60 ta panelni oʻrnatish yoz mavsumida yakunlanishi rejalashtirilgan. Loyiha byudjeti 560 000 dollarni tashkil etadi.

    Dastlab, ishlab chiqarilgan elektr energiyasining barchasi mahalliy aholi xonadonlariga, kelgusida uning bir qismi elektr poyezdlariga yoʻnaltiriladi.

    Sun-Ways asoschisi Batist Danixertning soʻzlariga koʻra, agar tajriba muvaffaqiyatli oʻtsa, bu butun Shveysariya temir yoʻl tarmogʻini panellar bilan qoplash, yiliga 1 gigavattgacha energiya ishlab chiqarish istiqbollarini ochishi mumkin. Bu quvvat 750 ming xonadonning energiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun yetarli boʻladi.

    Panellar ikkita vagondan iborat maxsus poyezd tomonidan yotqiziladi. Panellar birida saqlanadi, ikkinchisi esa ularni yotqizib chiqadi, deb xabar beradi techcult.ru.