Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan “Oʻzenergoinspeksiya” bilan hamkorlikda aholini sifatli benzin mahsulotlarini bilan taʼminlash holatini oʻrganish maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2023-yil noyabr-dekabr oylarida respublikamizning barcha hududlarida joylashgan AYOQSHlarda benzin mahsulotlarining nazorat xaridlari oʻtkazildi. Ushbu oʻrganish tadbirlari davomida 82 ta AYOQSHlardan xarid qilingan benzin mahsulotlari belgilangan tartibda tegishli laboratoriyalarga taqdim etilgan va ularning dastlabki qismi boʻyicha maʼlumotlar olingan.
Bugungi kundagi dastlabki oʻrganishlar natijasida (laboratoriya tahlillariga asosan) 21 ta holatda benzin mahsulotlarining sifati belgilangan talablarga javob bermasligi, 4 ta holatda esa belgilangan miqdordan kam quyish holatlari aniqlangan. Bunda, dastlabki oʻrganishlarga koʻra, jami isteʼmolchilarga 300 mln. soʻmga yaqin zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Jumladan, “Gulnora gaz servis” MCHJ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi), “International Petroleum” MCHJ (Sirdaryo viloyati.) “ISKRA” XK, “XAMKOR IMEJ” MCHJ, “NAZAR OTA” KTXF, “SHER GRAND GAZ” XK, “Shodlik tuxfasi MCHJ va ”VERSAL OIL" MCHJ (Jizzax viloyati.) “Qaro Oltin Yogʻdusi” MCHJ, “Lutf HAQ” MCHJ, “Vodiy propan gaz servis” MCHJ va “Offise brokers” XK (Fargʻona viloyati.), “Maks Eko oyl” MCHJ (Qashqadaryo viloyati.), “Markaziy Gaz Oyl” MCHJ, “Brava Oil Co” MCHJ “Foykon”, MCHJ “Mohinur Oil” XK, “Boburshox Plyus Oil” MCHJ, “Elit Tranzit Oyl” MCHJ, “Mustaqillik-2001” MCHJ (Andijon viloyati.) hamda “BARS” MCHJ (Toshkent viloyati.)larga qarashli AYOQSHlarda benzin mahsulotlari sifat darajasida emasligi toʻgʻrisida laboratoriya xulosalar taqdim etgan.
Shuningdek, “RASUL” koʻp tarmoqli xususiy savdo korxonasi (Andijon viloyati.) “City petrol” MCHJ, “Jasur Joʻrabek Tolib nuri” MCHJ va “Xush Baxt Zar” MChJ (Buxoro viloyati.) qarashli AYOQSHlarda benzin mahsulotlari kam quyish holatlari aniqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 13-moddasiga binoan, nuqsonli tovar sotilganda nuqsonlarni bartaraf etish, koʻrilgan zararni qoplash va boshqa holatlar belgilab oʻtilgan.
Shuningdek,ushbu qonuning 26-moddasida esa tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishini va ularning sifatini taʼminlash maqsadida...tegishli davlat tashkilotlari tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari bilan oʻz vakolatlari doirasida tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilangan.
Isteʼmolchilardan shu kabi holatlarga duch kelishganda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining yagona ishonch raqamiga (1159) murojaat qilishlari mumkunligini eslatib oʻtamiz.