Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda YATT “Sh.T.” Taraqqiyot MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan yashirin yo‘l bilan rezina shlang orqali tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 366,4 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Paxtakor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda fuqarolar A.E. va A.E. “Bog‘ishamol” MFY hududidagi xonadonlarida tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 133,6 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Departamentining Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.X. “Bunyodkor” MFY hududidagi xonadonda umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, 129,8 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Baxmal tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mas’ul shaxslari isitish qozonini tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 103,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.