Ochilish marosimida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi oʻrinbosari Homidjon domla Ishmatbekov va boshqa rasmiylar qatnashdi.

Masjid ichi keng boʻlib, 3 ming odamni sigʻdira oladi. Tashqi tarafidan 1 ta 37 metrli minora bezab turibdi. Tahoratxona va masjidning ichki qismlari ham goʻzal did bilan bezatilgan. Shuningdek, masjidning yon qismida ayollar uchun ham alohida namozxona mavjud.

—1940-yildagi qurilgan masjidimiz taʼmirtalab boʻlib qolgan edi, bugun yangi manzilda zamon taʼlablariga mos masjidimizni ochdik, deydi — masjid imom xatibi Nurmuxammad domla Narzullayev.