Ma’lumki, gadjet ishqibozlarida depressiya, bezovtalik va ijtimoiy xavotir tez-tez kuzatiladi. Bunday kishilar miyasida nimalar yuz berishi haqida ma’lumotlar yo‘q edi. Buni aniqlashtirish uchun tadqiqot ishtirokchilarini ikki guruhga ajratib olishdi.

Birinchi guruhga smartfonga qaramlikni tan olganlar, ikkinchisiga qaramligi bo‘lmaganlar kiritildi. Barcha ishtirokchilar miyasi hotirjam holatlarida MRT yordamida o‘rganildi.

Tadqiqotchilarni, ayniqsa, miyaning chuqur qismidagi his-tuyg‘ularni qayta ishlash, tahdidlarni aniqlash va hissiy reaktsiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega kichik tuzilma – bodomsimon tana (amigdala) qiziqtirdi. Natijalar qanday bo‘ldi deb o‘ylaysiz?

Gadjet ishqibozlarida o‘ng amigdala miyaning ijtimoiy fikrlash va hissiy xotiralarni qayta ishlashda qatnashadigan qismi – bosh chakka qutbi bilan kuchliroq bog‘langan bo‘lar ekan. Shu bilan birga ong faoliyatida asosiy rol o‘ynaydigan bo‘limi (prekunes) hamda kichik miya bilan aloqasi kuchsiz edi. Bunday kuchsiz aloqa insonning o‘z ichki holatiga  nazar solishi hamda hissiyotlarini anglashii qiyin bo‘lishini bildiradi.

Shu kabi buzilishlar chap miya sharida ham kuzatildi. Samartfon ishqibozlarining chap miya qismining bodomsimon tana impulslarni tormozlashga mas’ul qismi qismi bilan kuchli aloqada bo‘lishini anglatadi. Bunda hissiy reaktsiyalarni boshqarishda qiyinchilikka duch keladi.

Olimlar xulosasiga ko‘ra, inson miyasi hissiyotlarni o‘zi boshqarish o‘rniga tashqi qurilma (gadjet) zimmasiga yuklashga o‘rganib qoladi.

Mualliflar bular bari hali tadqiqotning dastlabki xulosalari. Ishonchli yakunga kelish uchun o‘sha odamlar miyasini bir necha yillar davomida kuzatishga to‘g‘ri keladi.