Smartfonning qizib ketishi
Qishda smartfonlarda yozdagidan koʻra kamroq qizish kuzatiladi. Issiq kunda smartfonni toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri tushadigan joyga qoʻyishning oʻzi kifoya va natijani ham uzoq kutishga toʻgʻri kelmaydi.
Telefon qizib ketganida uni muzlatgichga solib, sovutish yaxshi fikrdek tuyuladi. Taʼkidlash kerakki, ushbu fikrda jon bor, albatta, biroq bu ishni baribir qilmagan maʼqul. Chunki haroratning keskin oʻzgarishi qurilmaga hech qanday foyda keltirmaydi. Havo haroratining oʻzgargani sabab qurilma ichida kondensat paydo boʻlishi va smartfonga zarar yetkazishi mumkin. Muzdek telefonni issiqqa chiqarishda ham xuddi shunday yoʻl tutish kerak.
Eng yaxshisi, qurilmaning soyada biroz turishi. Ustidagi gʻilofini yechib tashlash ham foyda beradi.
Akkumulyatorni tezda zaryadsizlash
Bundan tashqari, xalq orasida telefonni muzlatgichga solinsa, uning quvvatini tezda tugatish mumkin degan tushuncha bor. Aslida bu fikrda ham qisman jon bor. Smartfon sovuqda rostdan ham tez zaryadsizlanadi. Qishda telefon quvvati tezda tugashini sezish mumkin. Aslida esa smartfonning biroz qizishi uchun imkoniyat yaratib berish kerak va barchasi qayta tiklanadi. Shuningdek, muzlatgich tarmoqni bloklaydi va telefon qoʻshimcha energiya sarflamaydi, degan tushuncha ham mavjud.
Qurilmani tezroq zaryadsizlantirishni xohlagan foydalanuvchi uning ekran yorqinligini maksimumga koʻtarib, biror oʻyin yoki videoni yoqib qoʻyishi kifoya.
Boshqa muammolar
Bundan tashqari, telefonni muzlatgichga solish quyidagi holatlarda tavsiya etiladi: telefon aloqa tarmogʻini “ushlay” olmasa, naushniklar rejimida chiqmasa, quvvati tugamasi, Wi-Fi yoki Bluetooth ishlamasa va boshqa shu turdagi muammolarda.