Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.

Unga koʻra, iyul oyida Oʻzbekiston boʻyicha tumanlar kesimida 203ta gʻolib aniqlandi. 3 ta tuman aholisi esa platformadan butkul foydalanishmadi.

2021-yilning iyul oyi yakunlariga koʻra, gʻoliblik yana Toshkent shahri vakiliga nasib etdi. Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Toirov Ulugʻbek Shomuhiddinovich oʻtgan oy davomida respublikamiz boʻyicha eng koʻp, yaʼni 1 888 231 qadam bosib oʻtgan.

U tuman va shahar bosqichlarida ham eng koʻp yurgan inson sifatida umumiy miqdorda 1 mln. 800 ming soʻmdan koʻproq mablagʻga ega boʻldi.

Qayd etilishicha, platformada Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshdan oshgan fuqarolari piyoda yurish va yugurish ilovasidan foydalanib, oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishi hamda oʻzlariga tegishli mukofot pullarini qoʻlga kiritishlari mumkin.