Shu maqsadda erkaklar va ayollar terma jamoamiz Shri-Lankaning Negombo shahrida oʻz yakuniga yetgan sohil voleyboli boʻyicha Markaziy Osiyo chempionatida ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston voleybol federatsiyasining xabar berishicha, qitʼa miqyosida ilk marotaba oʻtkazilgan ushbu musobaqada ishtirok etgan voleybolchilarimiz murosasiz bellashuvlar natijasida 20 dan oshiq jamoalar orasida qizlarimiz 7-oʻrinni, oʻgʻil bolalar esa 8-oʻrinni egalladi. Bu esa voleybolchilarimiz uchun yilning ilk xalqaro starti anchayin muvaffaqiyatli boshlaganidan darak beradi.
Chempionat doirasida tashkil etilgan oʻquv-seminarda oʻzbekistonlik yosh voleybolchilar Sanjar Axtamov va Nodira Sultanboyevalar ham qatnashdi. Yakunda ular sohil voleyboli boʻyicha trenerlik sertifikatlarini ham qoʻlga kiritdi.
Mamlakatimiz sohil voleybolchilari rejaga koʻra, endi may-iyun oylarida Andijon va Navoiy shaharlarida boʻladigan xalqaro mutaxassislar ishtirokidagi oʻquv-yigʻinlarda qatnashishi belgilangan. Aynan ushbu mashgʻulotlar natijasida jamoa iyun oyida Tailandda oʻtkaziladigan navbatdagi chempionatga puxta tayyorgarlik koʻradi.