Sotib olingan “buxanka” nondan sichqon axlati chiqdi

    Ijtimoiy hayot 13 Fevral 2023 1686

    Joriy yilning 4-fevral kuni isteʼmolchi “Mega market” supermarketidan sotib olgan 3 ta (buxanka) non ichidan sichqonlarni axlati chiqqani(bitta nondan 3, 4 tagacha axlat chiqqan)dan norozi boʻlib, ijtimoiy tarmoqda murojaat qoldirgan.

    Joriy yilning 4-fevral kuni isteʼmolchi “Mega market” supermarketidan sotib olgan 3 ta (buxanka) non ichidan sichqonlarni axlati chiqqani(bitta nondan 3, 4 tagacha axlat chiqqan)dan norozilik bildirib, murojaat qoldirilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi oʻrganish ishlarini olib bordi.

    Qoʻmitaning maʼlum qilishicha, Qoʻmitaning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 6 va 12-moddalari talablari buzganligi holati boʻyicha ish qoʻzgʻatildi.

    Shuningdek, isteʼmolchilarga yetkazilgan zararni qoplash yuzasidan, ish yakuniga koʻra ishlab chiqaruvchi korxonaga tegishli koʻrsatma beriladi.

    Bundan tashqari, Sanitariya-epedimiologiya va osoyishtalik xizmati xodimlarini jalb etgan holda savdo shaxobchasi va ishlab chiqaruvchi korxonada sanitariya meyorlariga rioya etilishi boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazildi.