Spirtli ichimliklarni iste'mol qilish demensiyaning eng keng tarqalgan shakli – Alsgeymer kasalligining rivojlanishini tezlashtiradi. Ueyk Forest universiteti olimlari ana shunday xulosaga keldi. Ularning tadqiqoti Neurobiology of Disease jurnalida e'lon qilindi.
Tajriba davomida nevrologlar eng kam miqdordagi spirtli ichimliklar ham miya hujayralarining o'limini tezlashtirishi va miyada zaharli oqsillarning to'playdigan amiloid blyashkalar sonini ko'paytirishini isbotladi.
Shuningdek, spirtli ichimliklardan voz kechish beta-amiloid darajasini oshiradi. Aynan shu oqsil Alsgeymer kasalligida to'planadigan amiloid blyashkalarning asosiy tarkibiy qismidir, deyiladi lenta.ru saytida.