Davlatimiz rahbarining tegishli farmoniga muvofiq, aholi orasida yuqumli boʻlmagan kasalliklarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollik darajasini oshirish maqsadida “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi.

Unda:

  • aholiga smartfon va mobil ilovalar yordamida oʻz sogʻligʻi va ovqatlanishini nazorat qilishni oʻrgatish, toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha mobil ilova yaratish;
  • bolalarga moʻljallangan nosogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish;
  • taʼlim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyogʻlar miqdori yuqori boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, taʼm va rang beruvchi qoʻshimchalar roʻyxatini tasdiqlash va isteʼmolini kamaytirish;
  • mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sogʻlom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
  • yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, bolalar, kattalar va keksalar uchun qisqa toʻgʻri ovqatlanish boʻyicha tavsiyalar, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish;
  • ish joylarida xodimlarning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi va sogʻlom ovqatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish nazarda tutiladi.