Surunkali bel ogʻrigʻini davolash uchun tejamkor va samarali dastur ishlab chiqildi

    Makkuori universiteti va Kertin universiteti olimlari surunkali bel ogʻrigʻi uchun noyob va samarali davolash dasturini ishlab chiqishdi.

    Uzoq muddatli surunkali bel ogʻrigʻi boʻlgan 500 nafarga yaqin bemorlarda ogʻriq va u bilan bogʻliq nogironlikning sezilarli kamayishiga erishildi. Terapevtik taʼsir eksperimental davolanish tugaganidan keyin bir yil davomida saqlanib qoldi.

    Ushbu yondashuv ishtirokchilarning sogʻliqni saqlashga ketadigan sarf-xarajatlarni qisqartirdi va ularning samaradorligini oshirdi. Kognitiv funksional terapiya dasturi psixologlar bilan alohida va intensiv mashgʻulotlarni oʻz ichiga oladi, ular odamlarga ogʻriqni kamaytiradigan usullar asosida harakat qilishga yordam beradi.

    Shu tariqa bemorlar oʻzlari qoʻrqqan yoki qochadigan harakatlarga boʻlgan ishonchlarini kuchaytirishdi. Davolash 20 ta klinikada 18 nafar maxsus tayyorlangan fizioterapevtlar tomonidan olib borildi.

    Dastur 12 haftalik muddat davomida yettitagacha seansni, shundan soʻng olti oydan keyingi takroriy seansni oʻz ichiga oldi. Keyin tadqiqot ishtirokchilaridan 12 oy davomida anketa savollariga javob berish soʻralgan. Ishtirokchilarning 80 foizdan ortigʻi davolanishdan qoniqish hosil qildi, deb xabar beradi lenta.ru.