Bu haqda hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yuqori natija pillakorlarning fidokorona mehnati, sohada zamonaviy yondashuvlarni qo‘llash hamda hudud iqlimiga mos serhosil mahalliy navlardan samarali foydalanish hisobiga ta’minlangan.

Natijada har bir qutidan o‘rtacha 60 kilogrammdan hosil olingan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, pilla qurtini parvarishlashda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, sohada to‘plangan tajriba va mehnatsevarlik bugungi yuqori ko‘rsatkichlarda muhim omil bo‘ldi.

Ayni paytda viloyatdagi qabul punktlarida pilla hosilini qabul qilish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.