Shu yilning 11-iyul kuni oʻtkazilgan Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashining navbatdagi oʻn ikkinchi sessiyasida jami 89 nafar fuqaroning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan uy-joylariga boʻlgan huquqlari eʼtirof etildi.

Jumladan:

  • Angordan 2 nafar,
  • Bandixondan 11 nafar,
  • Boysundan 6 nafar,
  • Denovdan 4 nafar,
  • Jarqoʻrgʻondan 15 nafar,
  • Muzrabotdan 3 nafar,
  • Oltinsoydan 10 nafar,
  • Sheroboddan 5 nafar,
  • Shoʻrchidan 4 nafar,
  • Uzundan 10 nafar,
  • Termiz tumanidan 9 nafar,
  • Termiz shahridan 1 nafar fuqaroga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga egalik huquqlari eʼtirof etish boʻyicha Kengash qarori qabul qilindi.

Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarning mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar oʻrtasidagi mulkiy nizolarga yechim topiladi.