Rejissyor Murod Odilov  tomonidan surtga olingan «Suzuk ota» hujjatli film Suzuk otaning hayoti va islom dini taraqqiyotiga qo‘shgan hissasiga bag‘ishlangan. Film ssenariysi Aʼzam Isʼhoqov tomonidan yozilgan.

Festival tashkilotchilarining xabar berishicha, koronavirus pandemiyasi sababli g‘oliblarni taqdirlash marosimi Istanbulda emas, Usmoniya gubernatorligi homiyligida Usmoniya shahrida joriy yilning 13 noyabr kuni o‘tkaziladi va 5 ta xorijiy telekanal orqali jonli efirga uzatiladi.