Xususan, Departament, DXX va IIBning Yashnobod tuman boʻlimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro S.A. oʻz uyida issiqxona tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga devor ichidan yashirincha ulanib olib, 157 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Ishtixon tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Z.A.” fermer xoʻjaligi ish boshqaruvchisi O.Sh. tuman ETKning ruxsatisiz xoʻjalikning artezian qudugʻiga oʻzboshimchalik bilan 2 dona elektr dvigatel oʻrnatib, 293 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Toshkent tuman boʻlimi tomonidan DXX, IIB va tuman gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.T. “Xasanboy” MFYdagi raqamsiz uyda issiqxona tashkil qilib, umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga yer ostidan yashirincha ulanib olib, 103 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Departamentning Beshariq tumani boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “J.F.” fermer xoʻjaligi rahbari T.Y. va boshqalar xoʻjalikning dala maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv nasosini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, 127,9 kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 450,2 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.