Tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan nonvoyxona aniqlandi

    Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

    Xorazm viloyati Urganch tumanida 2 mlrd soʻmlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi, deya xabar qildi “Oʻzenergoinspeksiya”.

    Inspeksiyaning Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “E.K.” MCHJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yoʻl bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

    Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

    Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.