Energetika vazirligi huzuridagi "Oʻzenergoinspeksiya" tomonidan Bosh prokuratura va "Hududgaztaʼminoti" AJ xodimlari bilan hamkorlikda Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Dangʻara tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Oʻrganish davomida fuqaro T.A. oʻziga qarashli ohak ishlab chiqarish korxonasining 1 dona ohak xumdonida 18 ta nostandart gaz yondirgichlar orqali oʻsha hududdan oʻtuvchi yer osti gaz quvuriga ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan.

Mazkur noqonuniy holatlar natijasida davlat manfaatlariga yetkazilgan umumiy zarar miqdori 1 mlrd 54 mln soʻmni tashkil qilgan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deya xabar bermoqda "Oʻzenergoinspeksiya".