Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi N.Oblomuradov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati R.Kusherbayev, Yashnobod tumani hokimi B.Rahmonqulov,  Yashnobod tumani prokurori A.Donayev hamda boshqa mutasaddi idoralar vakillari mazkur mahallada bo‘lib, holat bilan yaqindan tanishishdi. 

Tadbirda  daraxtlarni noqonuniy ravishda kesish O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonuni talablariga zid ekanligi va moratoriy amalda ekanligi taʼkidlanib, bundan keyin daraxtlarni ekib ko‘paytirish orqali iqlim o‘zgarishlarining oldini olish, ekologiya va atrof-muhit barqaroroligini taʼminlash kerakligi bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. 

Shundan so‘ng mahalladagi ushbu hududga qurilish tashkiloti tomonidan  200 tupdan ziyod noyob va qimmatbaho manzarali daraxtlar keltirilib, ekish ishlari tashkil etildi.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov davomida hisoblangan 3 514 200.000 so‘m miqdoridagi zarar to‘liq qoplangan.