Musobaqada Oʻzbekiston taekvondo ITF assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jahon chempionatida hamyurtlarimiz yakkalik va jamoaviy bahslarda oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazgan holda 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi.

Jahon chempionati yakunlanganidan soʻng, Minsk shahrida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Jahon kubogi musobaqalariga start berildi va unda 64 nafar taekvondochilarimiz gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

Eʼtiborlisi, sportchilarimiz musobaqaning ilk kunidayoq oʻzlarining nimalarga qodir ekanliklarini butun dunyoga koʻz-koʻz qilishni boshladi hamda shu kunning oʻzida 9 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionati va Jahon kubogida ishtirok etgan Oʻzbekiston sportchilari delegatsiyasi 20-dekabr kuni mamlakatimizga qaytib kelishadi.