Tailand Oʻzbekiston uchun vizasiz rejim joriy qiladi

    Oʻzbekiston fuqarolari endi Tailandda 30 kun emas, balki 60 kun qolishlari mumkin. Avvalgi tartibda mamlakat fuqarolari Tailandga yetib borgandan soʻng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.

    Tailandga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar roʻyxati 57 tadan 93 taga koʻpaymoqda.

    36 ta yangi davlat qatoriga Oʻzbekistondan tashqari Kambodja, Xitoy, Hindiston, Yamayka, Qozogʻiston, Laos, Meksika, Marokash va boshqalar kirdi.

    Oʻzbekiston fuqarolari endi Tailandda 30 kun emas, balki 60 kun qolishlari mumkin. Avvalgi tartibda mamlakat fuqarolari Tailandga yetib borgandan soʻng 30 kun qolish sharti bilan viza olishlari kerak edi.

    Bundan tashqari, chet ellik talabalarga mahalliy universitetni tamomlagandan keyin yana bir yil mamlakatda qolishga ruxsat berildi. Ilgari ular diplom olganlaridan keyin darhol mamlakatni tark etishlari shart edi.