“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ qishki taʼtil davrida oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun mahalliy yoʻnalishlardagi qatnovlarda 50 foizlik chegirma joriy etdi.

Chegirma barcha mahalliy yoʻlovchi poyezdlariga tatbiq etiladi. Istisnolar — SV/VIP klass vagonlari va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari.

Imtiyoz 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar amal qiladi.