Tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasi Oʻzbekistonda jiddiy muammo boʻlib, iqtisodiyotga va ijtimoiy sogʻliqni saqlashga ziyon keltirmoqda.
Oʻzbekistonda tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasining ulushi Fargʻona vodiysida 25,6% ni tashkil qiladi va eng baland koʻrsatkich Namanganga tegishli (49,3%), Navoiy viloyatida esa – 11,2%, Buxoro viloyatida – 8,9%.
Vaziyat poytaxtda va Toshkent viloyatida biroz yaxshi. Toshkent viloyatida noqonuniy aylanmaning ulushi 9,1% ni tashkil qiladi, ayrim shaharlarda bu koʻrsatkich ancha yuqori: Chirchiqda – 11,5%, Bekobodda – 12,5%, Angrenda – 11,9%.
Shuning barobarida, poytaxt Toshkent noqonuniy aylanmaning pastroq natijasini koʻrsatmoqda – atigi 8,8%.
Bunday notekislikning sababi turli shaharlardagi huquq qoʻllanilishida va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Chunonchi, Fargʻona vodiysi, xususan Namangan viloyati Oʻzbekistondagi noqonuniy tamaki savdosining asosiy markazlari sanaladi va bu hududlardagi noqonuniy aylanmaning yuqori darajasi huquqni muhofaza qilish organlari va savdo ustidan nazoratga bogʻliq muammolarga dalolat qiladi.
Toshkent viloyatida noqonuniy aylanma oʻrtacha darajasining nisbatan pastligiga qaramay, ayrim shaharlarda bu muammo jiddiyligicha qolmoqda. Uni hal qilish uchun huquqni qoʻllash va savdo ustidan nazoratni kuchaytirish boʻyicha maqsadli choralar, shuningdek aholi oʻrtasida chekishning va noqonuniy tamaki mahsuloti savdosining zarari haqidagi xabardorlikni oshirish talab qilinadi.
Qayd etish lozimki, tamaki mahsulotining noqonuniy aylanmasi soliq tushumlari boy berilishi orqali Oʻzbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazadi va qonuniy ishlab chiqaruvchilarga nisbatan adolatsiz raqobatni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari, u aholining salomatligiga tahdid soluvchi sifatsiz mahsulot tarqalishiga xizmat qiladi.
Tamaki mahsuloti noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish uchun har hududning muayyan shart-sharoitiga moslashtirilgan hududiy strategiyalar zarur. Bu strategiyalar quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
— huquqni qoʻllash va savdo ustidan nazoratni kuchaytirish;
— aholining chekish va noqonuniy tamaki savdosining zarari haqidagi xabardorligini oshirish;
— qonuniy tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va distribyutorlarini qoʻllab-quvvatlash, ular uchun imtiyozlar, preferensiyalar, faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish;
— huquqni muhofaza qilish organlari, soliq xizmatlari va jamoatchilik tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yaxshilash.