Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tayyor taomga har doim tuz qo‘shib isteʼmol  qilish erkaklar o‘rtacha umridan ikki yil, ayollarnikidan esa bir yarim yildan ko‘proq vaqtni ayiradi. Albatta, ovqat pishirish jarayonida qo‘shilgan ziravorlar bundan mustasno.

Izlanish tuz isteʼmol qilish nosog‘lom turmush tarzini kafolatlaydi, kabi boshqa fikrlarni ilgari surmaydi. Ammo tadqiqot ortidagi ilmiy jamoa taomga tuz qo‘shishda uning salomatlik uchun zararli tomonlarini eʼtibordan qochirmaslikni tavsiya etadi.

“Bilishimcha, bizning tadqiqotimiz oziq-ovqatga tuz qo‘shish va erta o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni birinchi bo‘lib aniqladi”, deydi Yangi Orleandagi Tyuleyn universiteti sog‘liqni saqlash va tropik tibbiyot maktabi professori Lu Ki. "Hatto natriyni isteʼmol qilishning ozgina kamayishi, dasturxondagi ovqatga kamroq yoki umuman tuz qo‘shilmasa ham, sog‘liq uchun sezilarli foyda keltirishi mumkin, ayniqsa bunga aholi orasida erishilganda".

Natijalar Buyuk Britaniya Biobank tadqiqotining 500 000 dan ortiq qatnashuvchilari ishtirokidagi so‘rovnomaga asoslangan bo‘lib, o‘rtacha to‘qqiz yil davomida nazorat qilib borilgan. 2006–2010 yillar oralig‘ida tadqiqotga qayta yuzlanganlarida, sensor boshqaruvli so‘rovnoma orqali ular stol ustida ovqatlariga tuz qo‘shgan va qancha qo‘shganligini belgilab berishgan.

 Tuzni isteʼmol qilishni aniq kuzatish qiyin, chunki ko‘plab oziq-ovqatlar yuqori miqdordagi tuzni o‘z ichiga oladi va peshob tahlillari umumiy isteʼmol qilingan tuz miqdorini yetarlicha to‘g‘ri ko‘rsatmaydi. G‘arb mamlakatlarida kuzatilishicha, natriy isteʼmolining taxminan 70 foizini pishirilgan oziq-ovqatlar tarkibidagi, 8-20 foizini esa stol ustida qo‘shilgan tuz tashkil qiladi. Biroq, tuz qo‘shilishi insonning sho‘r taʼmli taomlarni afzal ko‘rishining isboti bo‘lib, shuning uchun jamoa o‘z eʼtiborini ushbu o‘lchovga ham qaratdi.

Tuzni meʼyorda isteʼmol qiladiganlar bilan solishtirganda, yaxshi singmagan tuzni isteʼmol qiladiganlarda erta o‘lish ehtimoli 28 foizga yuqori. 50 yoshda har doim pishgan taomga tuz qo‘shib yeydigan erkaklarda umr ko‘rish davomiyligi 2–3 yil va ayollarda, mos ravishda, 1–5 yilga qisqaradi.

Natijalarni aniqlashda taʼsir qilishi mumkin bo‘lgan boshqa omillar, jumladan, yosh, jins, etnik kelib chiqish, ruhiy holat, tana massasi indeksi, chekish, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, jismoniy faollik; diyeta va diabet, saraton va yurak kasalliklari kabi tibbiy muammolar hisobga olindi.

Tadqiqotda ishtirok etmagan Gottenburg universiteti Salgrenska akademiyasining katta ilmiy xodimi, professor Annika Rosengrenning aytishicha, sog‘liq bo‘yicha baʼzi maslahatlariga ko‘ra, chekishni to‘xtatishning bu masalada hech qanday salbiy tomoni yo‘q - tuz uchun maqbul daraja mavjud,  Yaʼni, uni diyetadan butunlay chiqarib tashlab bo‘lmaydi.  Har bir inson uchun salomatlik nuqtai nazaridan "mazali nuqta"ni aniqlash qiyin.

 "Hozircha tuz haqidagi umumiy dalillar shuni ko‘rsatadiki, oddiy tuzni meʼyorda isteʼmol qiladigan sog‘lom odamlar tuz isteʼmol qilish haqida juda ko‘p tashvishlanmasalar ham bo‘ladi", dedi u.

Bu kishilar uchun meva va sabzavotlarga boy parhez bilan tuz isteʼmolini muvozanatlashtirish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.  Biroq, yurak xastaligi xavfi yuqori bo‘lganlar, ehtimol, taomlanish rejimida tuz isteʼmolini qisqartirishi kerak. "Pishgan ovqatga qo‘shimcha tuz qo‘shmaslik – bunga erishishning bir usuli", dedi u.

Malikaxon Rajabova tayyorladi