Tatariston Respublikasi Rossiyaning eng iqtisodiy rivojlangan subyektlaridan biri hisoblanib, yiliga 1,8 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb qiladi. “Tatariston–2030” strategiyasida bu koʻrsatkichni 2030-yilga qadar 5,7 milliard dollarga olib chiqish va investitsion loyihalar uchun qoʻshimcha 8,6 trillion rubl (100 milliard dollar) dan koʻp mablagʻ sarflanishi rejalashtirilgan. Respublika investitsion faollik boʻyicha Rossiyaning yetakchi uchtaligiga kiradi.
Shu bilan birga, T. Minullina va I. Abdurahmonov Oʻzbekistonda innovatsion ekotizimni tashkil etish, ushbu yoʻnalishda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari toʻgʻrisida fikr almashishdi. Jumladan, Rossiya Federatsiyasida innovatsion hududlar tashkil etish va ushbu hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning ayrim tumanlarini innovatsion hududga aylantirish tashabbusini yuqori baholadi, deb xabar beradi Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.