“Bugungi kunda barchaga maʼlum boʻlgan ”Telegram" messenjeri akkauntlarini noqonuniy egallash holatlari aniqlanmoqda.
Firibgarlar tanishingiz (akkaunti firibgarlar tomonidan egallangan boʻlsa) yoki notanish akkauntdan “Telegram Premium” sovgʻa qilishganligini bildirib, uni qabul qilish uchun sms-xabarnomadagi raqamlarni kiritish talab etiladi, shundan soʻng firibgarlar telegram messenjeri boshqaruvini qoʻlga kiritadilar.
Firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun quyidagilarga rioya etishingizni tavsiya qilamiz:
Ikki tomonlama autentifikatsiyani oʻrnating;
Har qanday holatda ham sms-xabarnomada kelgan raqamlarni hech kimga taqdim etmang;
Messenjer qurilmalar boʻlimidagi “Faol seanslarni” tekshiring boshqa qurilmalar faoliyatini toʻxtating, — deyiladi markaz bayonotida.