Tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun yangi yoʻnalishda 1-yillik rezidentura joriy etiladi

    Salomatlik 8 Yanvar 2024 1135

    Rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish moʻljallanmoqda.

    Yurtimizda birlamchi tizim tibbiyot xodimlari mehnati samaradorligini ragʻbatlantirish orqali oilaviy shifokor maqomini oshirish rejalashtirilmoqda.

    Xususan, “Aholi salomatligi —2030” milliy strategiyasi loyihasining 2024-2026-yillarga moʻljallangan amaliy tadbirlar rejasiga koʻra, tibbiyot instituti bitiruvchilari uchun oilaviy shifokorlik yoʻnalishi boʻyicha 1-yillik rezidentura joriy etish koʻzda tutilyapti.

    Bundan tashqari, rezidenturani tugatganlik sertifikatiga yoki litsenziyaga ega oilaviy shifokorlarning oylik ish haqini 2 barobarga oshirish moʻljallanmoqda.

    Bu ishlarni respublika va mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.